Mirziyoyev Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar qarshisiga chiqdi (foto)
Jamiyat
−
24 iyun 2020
18455Biroz avval Rossiya Federatsiyasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari bu yerda o‘zbekistonlik migrantlar bilan uchrashdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov hiyoboniga tashrifi chog‘ida bu yerga yig‘ilgan vatandoshlarimizni qutladi”, deb yozmoqda Prezident Matbuot xizmati.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni “dangasalar” deb atab, ularning Moskva ko‘chalarini tozalayotganidan jirkanishini aytgandi.
Prezident Mirziyoyev O‘zbekistonda ish o‘rni yaratib berilmagani uchun ko‘plab o‘zbekistonliklar xorijiy mamlakatlarga ketishga majbur bo‘lganini qayd etgan. Davlat rahbari chiqishlarida xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar manfaatlariga ko‘p bora to‘xtaladi.