Mirziyoyev Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
21 aprel
3970O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari o‘z maktubida Ruhoniy Hazratlari O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo do‘stlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shganini ta’kidladi”, deydi Asadov.
Shuningdek, Prezident Mirziyoyev Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur ta’ziya va hamdardlik tuyg‘ularini izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk bugun, 21 aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi qarorgohida vafot etdi. U 2013 yil 13 martdan beri Rim-katolik cherkovi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
LiveBarchasi