Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023
7208Bugun, 8 sentyabr bo‘lishi kutilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yig‘ilishda global ishlab chiqarish va transport-logistikadagi uzilishlar, hamkor davlatlardagi inflyatsiya sanoat ishlab chiqarish va eksport bo‘yicha rejalarni xavf ostida qoldirayotgani aytilgan.
Shuningdek, mazkur jarayonda bunday sharoitda har bir hokim va tarmoq rahbari mahsulotlar hajmini oshirish va eksportga yangi bozorlarni topish uchun har kuni bosh qotirib, qattiq ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bundan tashqari, qaysi viloyat, tuman hokimi o‘zi korxonalar bilan ishlab, muammosiga yordam berib, harakat qilayotgan bo‘lsa, o‘zgarish bo‘layotgani qayd etilgan.
LiveBarchasi