Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonga bordi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashrif Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarini Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan “Buyant-Uxaa” aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24–25 iyun kunlari rasmiy davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lishi xabar qilingandi. Bu tashrif O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor o‘tayotgan oliy darajadagi tashrif bo‘ladi. Bildirilishicha, tashrif javob xarakteriga ega, chunki 2024 yilda Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Uchrashuvlar chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 14 ta shartnoma va ikki tomonlama hujjatlarni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mo'g'uliston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing