Mirziyoyev Putinga ta’ziya bildirdi
Jamiyat
−
24 iyul 18175 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Amur viloyatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat rahbari marhumlarning oilalariga chuqur hamdardlik izhor etgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Amur viloyatida yo‘lovchi tashuvchi An-24 samolyoti samoda aloqaga chiqmay yo‘qolib qoldi. “Angara” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Xabarovsk–Blagoveshensk–Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan edi. Uning bortida 43 nafar yo‘lovchi, jumladan 2 nafar bola, shuningdek 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Halokat joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortidagilarning barchasi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Vzlet” aviakompaniyasiga tegishli Mi-8T vertolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Bortda 5 kishi bo‘lgan. Ularning 3 nafari ekipaj a’zosi va 2 nafari texnik mutaxassislar sanaladi. Vertolyot Oxotsk aholi punktidan havoga ko‘tarilgan va Magadanga yetib borishi kerak bo‘lgan. Biroq belgilangan vaqtda ekipaj bilan aloqa uzilgan.
Live
Barchasi