Mirziyoyev Putin bilan O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi

Jamiyat

image_2021-07-24_17-01-47

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergandik.

Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi. 

Shuningdek, ikki davlat rahbari O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlarni tez fursatda ishga tushirish muhim ekanini ta’kidladi. 

Bundan tashqari, yetakchilar mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘oniston bo‘yicha yuzaga kelayotgan vaziyat xususida ham fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyul kuni Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat bilan chiqib, barchani vaksina olishga chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, shu kecha kunduzda O‘zbekistonda uch xil: Rossiyaning “Sputnik V”, Britaniyaning AstraZeneca, O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinalari bilan emlanish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi jami vaksina zaxirasi 9 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda. 

Ulardan: 

•  370 ming dozasi “Sputnik V”;
•  710 ming dozasi AstraZeneca;
•  8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir. 

Xitoydan import qilinayotgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarish yaqin orada O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing