Mirziyoyev Putin bilan nimalar haqida gaplashdi?

Olam

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Xitoyning Pekin shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya rahbari Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi Mirziyoyev va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilagan.

Ilgariroq bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlangan.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishni jadallashtirish, hududlar o‘rtasida va tashkil etilgan qo‘shma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. 

O‘zbekiston Prezidenti 3 sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Pekindagi bayramlarda, shuningdek, Kambodja, Vetnam, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Nepal, Maldiv orollari, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Kongo Respublikasi, Zimbabve, Serbiya, Slovakiya, Kuba va Myanma davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 sentyabr kuni Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Pekin shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv davomida Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing