Mirziyoyev poytaxt bosh rejasining “Yechimlar atlasi” bilan tanishdi

Jamiyat

image
Men ham tirbandlikda turdim – Prezident (video) north_east

Men ham tirbandlikda turdim – Prezident (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 iyul kuni Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun “yechimlar atlasi” taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Yechimlar atlasi” Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasining mantiqiy davomi bo‘lib, unda shaharning tashqi qiyofasi, ko‘chalar muhiti bo‘yicha umumiy talablar qayd etilgan. Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

“Hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining “qizil chizig‘i”gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, atlas shahar muhitini loyihalashda barqaror rivojlanish maqsadlarini hamda milliy koloritni tatbiq etishga xizmat qiladi. Uyg‘un va ekologik toza maskanlarni yaratishga ko‘maklashib, aholining hayot sifatini yaxshilaydi. Ochiq jamoat joylarini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Taqdimotda ushbu talablarning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar ko‘rib chiqilgan. Shaharning o‘ziga xosligini saqlagan holda qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, turmush madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni o‘tkazilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida qayerda hokim va YHXX birgalikda yo‘l infratuzilmasi bilan jiddiy shug‘ullansa, o‘sha yerda o‘zgarish kuzatilayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev echimlar atlasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing