Mirziyoyev Peterburg gubernatorini qabul qildi
Jamiyat
−
08 noyabr 2022 6822 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ikki mamlakat hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun zamonaviy savdo-tijorat va logistika infratuzilmasini yaratish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, uy-joy kommunal xo‘jalik va shaharsozlik sohalarida sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarning davom ettirilishi qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr