Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun, 6 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.

Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, TDTning XI sammiti 2024 yilning 6 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda “Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” mavzusida bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda tashkilotga a’zo besh davlat – Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari, shuningdek, TDT kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar rahbarlari ishtirok etgan. Davlat rahbarlari TDT doirasidagi ko‘ptomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, bir qator ko‘p tomonlama hujjatlarni, jumladan, yakuniy deklaratsiyani imzolagandi. Joriy yil 21 may kuni esa Vengriyada Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiy davlatlar tashkilotining matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga TDT Davlat rahbarlari kengashining 12-sammiti joriy yilning 6-7 oktyabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing