Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi
Jamiyat
−
05 Oktabr 5367 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan joriy yilning 6-7 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
“Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadi.
Sammit yakunida tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiy davlatlar tashkilotining matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga TDT Davlat rahbarlari kengashining 12-sammiti joriy yilning 6-7 oktyabr kuni Ozarbayjonning Gabala shahrida “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr