Mirziyoyev: “Otasining qilmishi uchun nega farzandlari javob berishi kerak?”

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir kishi sudlangani uchun uning qarindoshlari jabr ko‘rmasligi kerak. Buni Konstitutsiyada belgilash kerak. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Kontitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdi aytib o‘tdi.

“Esingizda bo‘lsa, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan marosimda yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liq masalaga alohida to‘xtalgan edim. 

Nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak? 

Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi lozim? Bunday adolatsiz “tizim”dan endi butunlay voz kechamiz.

Chunki xalqimizga nisbatan sobiq tuzum davrida, ayniqsa, o‘tgan asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘onlarning o‘zi yetarli emasmi?!”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, u Konstitutsiyaga “Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas”, deb qat’iy yozib qo‘yish kerakligini ta’kidladi.

“Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart”, degan norma ham Asosiy qonunimizda o‘z aksini topishi zarur”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing