Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
Jamiyat
−
17 iyun
5355O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Ostona shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy Raisi bilan muzokara o‘tkazadi.
Ta’kidlash joizki, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023 yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Qozog‘istonga borgandi. Xitoy rahbarining samolyoti Qozog‘iston chegarasidan poytaxt aeroportigacha Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari qiruvchi samolyotlari tomonidan kuzatib borilgan.
LiveBarchasi