Mirziyoyev Olmaotaga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 mart kuni Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan yetib bordi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Olmaota aeroportida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Shuningdek, Prezidentlar Olmaota shahrining bir qator joylariga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostonada emas, Toshkentda emas, aynan kutilmaganda Chimkentda norasmiy uchrashgan edi. Mirziyoyev va To‘qayevning keyingi uchrashuvi 2024 yil 5 aprel kuni Xorazmda bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Olmaota Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing