Mirziyoyev Nazarboyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, iiki qardosh xalqqa tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha,muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing