Mirziyoyev Nazarbekov hamrohligida Ma’naviyat va ma’rifat markazini ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 fevral kuni Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi.

Davlat rahbariga Prezident Administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinov, Bosh vazir Abdulla Aripov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamrohlik qilgan.

Bu markaz binosi 1980 yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.

Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi. 

Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.

Davlat rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib ko‘rdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

122

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing