Mirziyoyev Namangandagi rahbarlarni tanqid qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyat rahbarlarini tanqid qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.  

Yig‘ilishda qayd etilishicha, viloyat eksportining 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat ko‘rsatkichidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari bo‘sh yotibdi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past.

Shundan kelib chiqib, Mirziyoyev mas’ullarga har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlash zarurligini aytib o‘tgan. Sayxunobod misolida Uychi tumanidagi 56 ta mahallani ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, tomorqadan 60-70 million so‘m daromad olish bo‘yicha namuna yaratish topshirilgan.

Prezident viloyatdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan.

Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi. 

Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing