Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
Jamiyat
−
07 oktabr 2024 8572 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Vnukovo" aeroportida davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bildirilishicha, ertaga, 8 oktyabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kreml voizi Dmitriy Peskov bugun, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazishini aytgandi. Peskov 7 oktyabr kuni kechqurun Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘lishini bildirdi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr