Mirziyoyev Moskvada G‘alaba paradida qatnashadi
Jamiyat
−
07 aprel
5865O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi”, dedi Asadov parlamentlararo ittifoqning Toshkentdagi assambleyasi chog‘ida.
Asadov bu masala O‘zbekiston rahbarining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida muhokama qilinganini bildirgan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


