Mirziyoyev Modiga ta’ziya yo‘lladi
Jamiyat
−
03 iyun 2023
9332O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Odisha shtatida ro‘y bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar vafot etgani va jarohatlangani tufayli Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 iyun kuni taxminan soat 7:00 larda Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 288 kishi halok bo‘lgan, kamida 900 kishi jarohat olgandi. Baxtsiz xodisada jami 3 ta poyezd to‘qnashgan bo‘lib, bir yo‘lovchi poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketgan, unga qarshi kelayotgan yo‘lovchi va yuk poyezdi ham ag‘anab ketgan.