Mirziyoyev MOda BMTning aksilterror boshqarmasi ofisini ochishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida BMT aksilterror bo‘limi vakolatxonasini ochishni taklif qildi. 

Davlat rahbari ““BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik” oliy darajadagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaatida shu haqdagi taklif bilan chiqdi.

Prezident ta’kidlaganidek, mintaqada terrorizmga qarshi kurash strategiyasini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish Qo‘shma harakatlar rejasi ijrosini doimiy monitoring qilish va tanqidiy baholash, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmlarini kuchaytirishni taqozo etadi. 

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurashishda maksimal samaraga erishish uchun xavfsizlik masalalarini hal etishda ishtirok etayotgan yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashni taklif qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing