Mirziyoyev maslahatchisi Chakrabarti bilan boshqaruvni isloh qilish masalasini muhokama qildi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 sentyabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqilgan.

Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisini Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, Prezident Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamligi tashabbusini yuksak baholagan.

O‘zbekiston rahbari ustuvor yo‘nalishlardagi yangilanishlarni birgalikda puxta tayyorlash va keyinchalik amalga oshirish jarayonini davom ettirish zarurligini ta’kidlagan. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini transformatsiya qilish va samaradorligini kuchaytirish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini raqamlashtirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi kadrlarni tayyorlash shular jumlasidan.

Suma Chakrabarti ushbu masalalarda O‘zbekiston Hukumatiga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Suma Chakrabarti O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suma Chakrabarti

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing