Mirziyoyev mashhur brendlar bilan hamkorlik qiladigan korxonaga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Davlatobod tumanidagi tekstil korxonasiga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tekstil korxonasi yaqinda ochilgan bo‘lib, dunyoga mashhur bir qancha brendlar bilan hamkorlik o‘rnatgan. Loyiha qiymati 20 million dollar bo‘lib, buning hisobidan ulkan inshoot barpo etilib, Germaniya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelingan. Korxonada mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

Korxona yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilning o‘zida 15 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari tashrif chog‘ida har doim mahsulot chiqarishdan oldin bozorini topish, jahon brendlarini olib kelish zarurligini ta’kidladi. 

Prezident ish jarayonini ko‘zdan kechirib, mahsulotlar sifati va eksport salohiyatini yuqori baholadi. Ushbu korxonada yoshlarga ish o‘rgatish uchun o‘quv markazi ham tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1 fevral kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurgan bo‘lsa, 2 fevral kuni Farg‘ona viloyatidagi bir qancha korxonalar faoliyati bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing