Mirziyoyev mamlakatda og‘ir davr ketayotganini ochiq aytdi

Jamiyat

image

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan ko‘proq kitob o‘qish, o‘z ustida ishlashni talab qilyapti. Davlat rahbari hech kim qonun ijodkori, deputat yo hokim bo‘lib tug‘ilmasligini, bu tajribalarga o‘qish, o‘rganish va mehnat bilan erishilishini aytib o‘tdi

“Bilmay o‘tirishiz, og‘zingizga tolqon solib o‘tirishingiz – bu o‘zimizga bo‘lgan xiyonat. O‘rganinglar, yozib olinglar. Ertaga kutibxona tashkil qilinglar. Men sizlar bilan buni tashkil qilishga tayyorman. Bilasizlarmi, hech kim tayyor deputat bo‘lib tug‘ilmaydi. Tayyor hokim bo‘lib tug‘ilmagan. O‘zbekistonning hozirgi sharoitiga munosib bo‘lgan deputat, munosib bo‘lgan hokim, munosib bo‘lgan vazir kerak”. 

Davlat rahbari so‘zida davomlab, O‘zbekistonda og‘ir davr kechayotganini urg‘uladi. 

“Bilasizlarmi, O‘zbekistonda og‘ir davr ketyapti. Biz o‘zimizning milliy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, milliy tariximizga asoslanib, milliy parlamentimizni amalga oshirib, kelganlar qoyil qoldik O‘zbekistonga milliy parlamentning o‘zini o‘rni bor ekan, o‘zining imzosi, o‘zining dunyoqarashi bor ekan, o‘zgaribdi bular, o‘zi yongan, tilni bilgan, xalqaro shartnomalarni suvdek bilgan deputatlari bor ekan, og‘ziga tolqon solib o‘tirgan emas, degan vaziyat paydo bo‘lsa, sizlar shundagina menga katta kuch va qudrat bo‘lasizlar”, deydi Prezident.  


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

1710

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing