Odamlarda ishonch yo‘q edi, odamlarda intilish yo‘q edi – Prezident

Jamiyat

image

Avval xabar berganmizdek, bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. 

Davlat rahbari yangi saylangan deputatlarni o‘z faoliyatiga kirishishi bilan qutlarkan, Oliy Majlis – Xalq uyi ekani va unga kirish o‘ta katta mas’uliyat talab qilishini eslatdi. 

“Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar bo‘lib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib bo‘lishingiz, xalqchil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligiga hissa qo‘shishingiz kerak”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda Nurdinjon Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga saylandi. 

“Oldingi vaqtlarda, 2010-2014 yilda deputat bo‘lib saylanganlarda shunday muhit bormidi degan savol, albatta, hammamizni qiynashi kerak. Hammamiz baralla aytamiz: yo‘q edi. Nima uchun? Odamlarda ishonch yo‘q edi. Odamlarda intilish yo‘q edi. Odamlar parlamentga mutlaqo befarq edi, desak bu ham haqiqat. Birovga yoqadimi, yoqmaydimi shunday”, deydi davlat rahbari. 

Prezident deputlardan mas’uliyatli bo‘lishni, xalq rozligini olishni aytdi. Ularning faoliyatiga faqat va faqat xalq baho berishini xotirlatdi. 

“Bu – Xalq uyi. Hamma ham Xalq uyiga munosib bo‘lmaydi. Munosib bo‘lish esa juda katta sharaf. Bir narsani bilishingiz kerak, Yangilanayotgan O‘zbekistonning tarixiga mana shu 5 yilda juda katta zamin yaratasizlar. To‘g‘rimi yo noto‘g‘rimi, amalga oshiramizmi yo yo‘qmi, bunga bitta bahoni xalqimiz beradi”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing