Mirziyoyev Malayziya Podshohi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 dekabr 2023
4690Bugun, 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlar, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ikki davlat orasida o‘zaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari hamda ziyorat turizmi sohasida dasturlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv davomida yetakchilar sheriklik kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida kelgusi yilda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olgan.
LiveBarchasi