Mirziyoyev Makronning maslahatchisini qabul qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, uchrashuvda oliy darajadagi uchrashuvlarni o‘tkazish masalasi va ikki mamlakat o‘rtasdagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. 

Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan "yashil" energetika, qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, suv ta’minoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlangan. 

Shuningdek, O‘zbekiston maktablarida fransuz tilini o‘rganishni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan hamda Maraziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari xususida fikr almashilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurgan hamda u yerda mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev Izabel' Dyumon Makronning maslahatchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing