Mirziyoyev Lukashenkoni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Aleksandr Lukashenkoni kecha Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat chog‘ida o‘tgan yil 7-9 fevral kunlari Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston va Belarus yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belarus Markaziy saylov komissiyasi rahbari Igor Karpenko saylovchilarning 86,82 foiz qismi mamlakatni 30 yildan beri boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga qayta saylaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing