Mirziyoyev Konstitutsiyani o‘zgartirish nega kerak bo‘lib qolganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish hozirgi tahlikali zamon, mamlakatning yon-atrofida shakllangan murakkab vaziyat bilan bog‘liq. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? 

Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba’zi olimlarimiz ham Konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda. 

To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q”, deydi Mirziyoyev.

Prezident amaldagi Konstitutsiyani qabul qilish jarayonida ishtirok etgan komissiya a’zosi sifatida O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini yana bir bor ta’kidlab, shunday deydi:

“Buni hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Shu bilan birga, bugun shiddatli taraqqiyotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur.

Hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan mas’uliyat bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Konstitutsiya

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing