Mirziyoyev Xorazmga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 29 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi ob’ekt va loyihalarni ishga tushirish uchun Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi”, deydi Asadov.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbari Urganch shahrida viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing