Mirziyoyev Xitoy Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Sin Gan O‘zbekistonga Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun kelgan.

U Mirziyoyev bilan uchrashuvda unga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Uchrashuv davomida keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni uch barobar ko‘paygani, Xitoydan 11 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingani qayd etilgan. 

O‘zbekiston yetakchisi Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va “Markaziy Osiyo - XXR” sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, hozirda texnik hujjatlari tayyorlanayotgan “O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini tez fursatda amalga oshirish ahamiyati muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing