Mirziyoyev Xalqaro maslahat kengashi a’zolarini qabul qildi
Olam
−
11 fevral 2025 3169 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekistonda islohotlar strategiyasini amalga oshirishga ekspertlik ko‘magini ko‘rsatish hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va institutlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini modernizatsiya qilishga texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish borasida amaliy hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" sammitiga tayyorgarlik doirasida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev o‘tgan oyda Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan telefon orqali muloqot qilib, aprel oyida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma rejalarni muhokama qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025