Mirziyoyev Qo‘qon va Marg‘ilonga oid ko‘rsatmalar berdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Prezident Qo‘qon shahrida bu yil birinchi marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Shavkat Mirziyoyev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. 

Bu yerda dastlab Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini kompleks rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, kelgusi uch yilda bu ikki shaharga xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘ uchta yo‘nalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik reja qilish zarurligini ta’kidladi.

“Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini o‘rganish, odamlarning fikrini olish kerak”, dedi Prezident. “Aholi qachon qaysi hududda qurilish bo‘lishini bilsin. Uy-joy bilan ish o‘rinlari mutanosib bo‘lishi zarur. Farg‘onaliklarning hunarmandchilik an’analari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin”.

Shavkat Mirziyoyev “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi salohiyati, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Qo'qon

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing