Qo‘qonda novvoyxona yarim mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi
3-sahifa
−
12:01 597 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida novvoyxona tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlandi. Holat bo‘yicha 496 million so‘mlik tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Farg‘ona” Gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida Qo‘qon shahrida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida shaharning “Ziyolilar” MFYda joylashgan novvoyxona loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 496 million so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan. To‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangan edi.
Live
Barchasi