Mirziyoyev Qozonga yetib bordi
Jamiyat
−
21 fevral
17000O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga yetib bordi. Bu haqda “Tatar inform” matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevni xalqaro aeroportda Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin kutib olgan. Prezident bugun oqshomda Xalqaro ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari” xalqaro turnirning ochilish marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, turnirning ochilish marosimida boshqa davlatlardan ham yetakchilar ishtirok etadi. Turnirda jami 2 mingdan ortiq sportchini birlashtirgan 107 mamlakatdan 282 ta xalqaro jamoa qatnashishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga borishi haqida xabar bergan edik.