Mirziyoyev ham Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
21 fevral
21265O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun, 21 fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21 fevral – 3 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir. Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham mazkur tadbirda qatnashish uchun Qozonga borishi ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi