Mirziyoyev Qozog‘istonning sobiq prezidentini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tabrik Ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing