Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
05 may 2023 4320 1 daqiqa
Bugun, 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov Mirziyoyevga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Tomonlar o‘zaro aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. 2022 yilda tovar ayirboshlash 18 foizga, joriy yil boshidan esa 12 foizga oshgani, uch mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritayotgani hamda yuk tashish hajmi ortayotgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining sermahsul yakunlariga, eng avvalo, ustuvor iqtisodiy loyihalarni, shu jumladan Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etishni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganiga yuksak baho bergan.
Yaqin yillarda 10 milliard dollar maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun savdoni ko‘paytirish va eksport-import amaliyotlarining mutanosibligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, mashinasozlik, energetika, qazib chiqarish sanoati, transport va logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr