Mirziyoyev Qosim-Jomart To‘qayevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevga tabrik maktubini yo‘lladi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi va o‘zbek xalqi nomidan Prezident Qosim-Jomart To‘qayevni milliy bayram bilan tabriklagan.

“Biz qardosh Qozog‘istonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ulkan yutuqlari, mamlakatingizning xalqaro maydondagi obro‘si izchil o‘sib borayotganidan chin dildan mamnunmiz. Bugungi kunda O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida yuqori darajadagi ishonch va o‘zaro tushunishga erishildi”, deyiladi Prezident Mirziyoyevning maktubida.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Respublikasi 1991 yil 16 dekabr kuni mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan. Nursulton Nazarboyev esa mustaqil Qozog‘iston tarixidagi birinchi Prezident o‘laroq mamlakatni 28 yil boshqarib, taxtini Qosim-Jomart To‘qayevga “meros” qilib qoldirdi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing