Mirziyoyev Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakilini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida rais al-Marriy Mirziyoyevga Qatar Amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. 

Shuningdek, unda muhim xalqaro tadbir – Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun" global mukofotini topshirish marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qatar Ali Muhsin al-Marriy Tamim ibn Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing