Mirziyoyev Qatar Amirini tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefonda gaplashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qatar Amirini milliy bayram – Davlatga asos solingan kun bilan qutlab, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Qatar xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Faol muloqot va almashinuvlar natijalari ijobiy baholandi. Joriy yilning noyabr oyida Doha shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va biznes forumi samarali o‘tdi. Oktyabr oyida Toshkent shahrida Qatar madaniyati haftaligi tadbirlari muvaffaqiyatli tashkil etildi. Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbari 2025 yilda bo‘lajak tadbirlar rejasiga, shu jumladan “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdi. Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Qatar Amiri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing