Mirziyoyev qanday kamchilikka yo‘l qo‘ydi? Prezidentlikka nomzod Vorisova javob berdi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2021
22483Amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatdagi kamchiliklardan biri bu – qarorlarning ijrosi ta’minlanmasligidir, deydi Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova. Bu haqda u bugun, 6 sentyabr kuni XDPning XII qurultoyidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Matbuot anjumani davomida QALAMPIR.UZ jurnalistining “Amaldagi Prezident qanday xatolarga yo‘l qo‘yyaptiki, siz ularni to‘g‘rilamoqchisiz?”, degan savoliga nomzod Vorisova quyidagicha javob berdi:
“Amaldagi Prezidentimiz juda katta inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. U insonning olib borayotgan siyosati va amalga oshirayotgan o‘zgarishlari, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati dunyoda juda katta e’tirofga sabab bo‘ldi. Lekin, siyosatda biz tanqid qilayotgan narsa shuki, juda to‘g‘ri qabul qilingan qarorlarning ijrosi ta’minlanmasligidir. Barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz, juda to‘g‘ri qarorlar qabul qilinyapti. Xalq manfaati o‘ylanyapti, lekin biz uzoq qishloqlarga boradigan bo‘lsak, shu xabarlardan odamlarning xabarsizligi yoki ijroiya organlarining buni yetarli darajada amalga oshirmaganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Bizning asosiy e’tirozimiz ijroiya organlariga”.
Avvalroq, qurultoyda O‘zbekiston Prezidenti saylovida Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ko‘rsatish haqida yakdil qaror qabul qilingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi