Mirziyoyev Italiyaga boradi
Jamiyat
−
28 aprel 2023 9406 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning iyun oyida Italiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning “Vista” agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 26 aprel kuni Toshkentga kelgan Italiya Mudofaa vaziri Guido Krozetto Prezident Mirziyoyev shu yil yozda Italiyaga borishi, u yerda Italiya Prezidenti Serjio Mattarella, Bosh vazir Jorjia Meloni va Tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilganini aytgan.
Guido Krozetto O‘zbekiston Prezidentining Rimga tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqichini boshlashini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Guido Krozetto O‘zbekistonga safari doirasida Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan uchrashgan va Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan.
Live
Barchasi