Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashdi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2022
6672O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidlalagan.
Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan SHHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.
LiveBarchasi