Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
21 iyul 2022 8933 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 iyul kuni Cho‘lponota shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025