Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining uyiga bordi (video)

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining Achaobod mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Mirziyoyev Abbos ota Appanovni bayram bilan tabriklagan, vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun unga minnatdorlik bildirgan.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Abbos ota Appanov urushdan keyin maktabda ingliz va nemis tilidan dars bergan hamda maktab direktori o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev urush qatnashchisi

Baholaganlar

187

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing