Mirziyoyev global miqyosda muloqot va ishonch yo‘qolib borayotganini aytdi

Jamiyat

image

Dunyoda oqibatlarini oldindan aytish qiyin bo‘lgan xalqaro tartibning tez o‘zgarishi kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvidagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Biz global miqyosda muloqot va ishonch yo‘qligining kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Shavkat Mirziyoyev jahonda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz ortidan kelayotgan muammolarga ham to‘xtalgan. 

“Jahon iqtisodiyotida inqirozning kuchayishi oqibatida mamlakatlarimiz an’anaviy ta’minot zanjirlarini buzish muammolariga duch kelmoqda, import inflyatsiyasi oshib bormoqda, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash xatarlari bir necha barobar ortdi. 

Bunday sharoitda Maslahat uchrashuvlari doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirishga bo‘lgan talab yanada ortib bormoqda”, deydi Mirziyoyev. 

O‘zbekiston Prezidentiga ko‘ra, butun mintaqa tinchligi, barqarorligi va farovonligi qo‘shni davlatlarning o‘zaro hamjihatligi va Markaziy Osiyo umumiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga tayyorliga bog‘liq. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing