Mirziyoyev Germaniyadagi iqtisodiy forumda ishtirok etdi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2023
3839Bugun, 29 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda, barcha mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazishni taklif qilgan.
Shuningdek, Prezident global miqyosdagi ishonch inqirozining jahon bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo‘nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mamlakatlarimiz ham sezayotganini aytgan.
“Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda”, degan Mirziyoyev.
LiveBarchasi