Mirziyoyev “Gazprom neft” kompaniyasining boshqaruv raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasining boshqaruv raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi va respublika rahbariyati bilan muzokaralarning yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida bir qancha yangi infratuzilma loyihalari Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ikki barobarga oshirishi haqida gapirgandi. 

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gazprom neft' Aleksandr Dyukov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing