Mirziyoyev fon der Lyayen bilan uchrashdi
Jamiyat
−
03 aprel
3131O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 aprel kuni "Markaziy Osiyo - YeI" birinchi sammiti doirasida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, ertaga, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan mintaqalararo sammit va iqlim forumini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk sammit 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qiladi va unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 aprel kuni mazkur sammitda qatnashish uchun Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgandi. Kecha, 2 aprel kuni kechqurun Mirziyoyev Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



